“O‘zmetkombinat” AJ mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Korxona turli metall mahsulotlarini ishlab chiqaradi, ularni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib beradi hamda xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulotlarni taklif etadi.
UZMETKOMBINATMuhim bosqichlarO‘zbekiston metallurgiya zavodi 1942-yildan umumxalq hashari yo‘li bilan qurila boshlagan. 1944-yil 5-mart kuni Marten sexining birinchi pechida dastlabki po‘lat eritmasi olingan.
Keyingi yillarda yangi prokat va elektrda po‘lat eritish sexlari ishga tushirildi. Bugun kombinat zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, innovatsion yondashuvlari va xalqaro bozordagi ishonchli hamkorligi bilan ajralib turadi.
Kombinat navli prokat, po‘lat zoldirlar, rangli metallar, metall buyumlar, ferroqotishmalar, issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar hamda xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradi.
Mahsulot qatoriga gazsimon va suyuq argon, azot, kislorod hamda yuqori omli koks ham kiradi. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mahsulot sifatini oshirish doimiy ustuvor yo‘nalishdir.
Armatura
A400A500CA600ArmaturaQurilish uchun armatura prokati
Poʻlat zoldirlar
Tegirmonlar uchunPo‘lat zoldirlarRudani maydalovchi tegirmonlar uchun po‘lat sharlar
Burchak
Teng tomonliBurchakMetall konstruksiyalar va qurilish uchun
Shveller
U-simon profilShvellerKarkas va metall konstruksiyalar uchun
Doira
Ø10–42 mmDoiraDumaloq kesimli sortli prokat
Kvadrat
Kvadrat kesimKvadratKvadrat kesimli sortli prokat
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, yangi quvvatlar yaratish va resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan muhim tashabbuslar.